E’lon!
2020 yil 27 oktyabr kuni Chirchiq shahrida Respublika ommaviy axborot vositalari uchun ”Nanotexnologiyalar va nodir metallar. Fan va ishlab chiqarish integratsiyasi. Ichkaridan nigoh” mavzusida press-tur tashkil etiladi.
Press-turda OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan nodir metallar ishlab chiqarish texnologiyasi va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar tanishtiriladi.
Eslatma: 27 oktyabr kuni soat 8.30da Toshkent shahri “O’zbekiston” mehmonxonasi yonida joylashgan avtoturargohdan jurnalistlarni avtobusda borish-kelishi ta’minlanadi.
Press-turga barcha OAV va internet nashrlari vakillarini taklif etamiz.
Ro’yxatdan o’tish uchun telefonlar: 70-61-4-37-99
OKMK Axborot xizmati