A- A A+

OKMK kasaba uyushmasi

"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ xodimlari kasaba uyshmasining tarixi

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi o’z faoliyatini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati asos solgan kundan boshlab faoliyat ko’rsatmoqda. Kasaba uyushmasi xodimlarning o’z faoliyat turi bo’yicha umumiy manfaatga ega bo’lgan ishlab chiqarish, noishlab chiqarish sohalarida, talaba, ishlamaydigan pensionerlarni birlashtiradi.

Kasaba uyushmasi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat va Fuqarolik kodekslari, O’zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida”gi, “Kasaba uyushmalari to’g’risida”gi qonunlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Ustavi, “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Ustavi va jamoa shartnomalari asosida amalga oshiradi.

OKMK kasaba uyushmasi oliy organi Konferentsiya hisoblanadi va har 5 yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiyalar oralig’ida kasaba uyushmasi faoliyatiga kasaba uyushmasi Kengashi rahbarlik qiladi. Kengash a’zolari Konferensiyada saylanadilar.

2011 yil 29 noyabrda kasaba uyushmasi rahbar organi – kasaba uyushmasi qo’mitasi kasaba uyushmasi Kengashiga aylantirilgan, uni tashkiliy jihatdan rasmiylashtirish ishlari 2012 yil 30 dekabrda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Ustavini qabul qilish bilan yakunlandi.

Kasaba uyushmasi tomonidan kasaba uyushmasi a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini kuchaytirish, ular bilan ishlashni tizimli yo’lga qo’yish maqsadida OKMK kasaba uyushmasi Kengashi qoshida mehnat muhofazasi, ijtimoiy himoya va huquqiy tarbiya, yoshlar va xotin-qizlar masalalari, madaniyat va ma’rifat, sport va sog’lomlashtirish, tashkiliy-axborot hamda uy-joy masalalari bo’yicha komissiyalari tashkil qilingan.

Ijtimoiy sheriklikni va ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat munosabatlarni tartibga solish bo’yicha faoliyatda ishtirok etish kasaba uyushmasining muhim funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Hozirda 2020-2022 yillarga mo’ljallangan Jamoa shartnomasi amal qilmoqda.

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi 40 ta boshlang’ich tashkilotlarini, 45 111 nafar kasaba uyushmasi a’zolarini birlashtiradi.

 

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi: Xaydarov Abdirashid Djaynakovich

Qabul kunlari: har kuni soat 08.00dan 11.00gacha

Telefon: (8-37161) 4-36-53, 9-54-82

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.  

 

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech