Tibbiy xizmatlarni bajarish uchun tanlov
Mehnat muxofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi tibbiy xizmatlarni bajarish uchun tanlov e’lon qiladi.
Buyurtmachi: “Olmaliq KMK” AJ
Javobgar: Mehnat muxofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi
E’lonning amal qilish muddati: 2019 yil 25 noyabrgacha
Takliflarni taqdim etish muddati: 2019 yil 25 noyabrgacha
Buyurtma nomi |
Buyurtmaning qisqacha izohi |
Ishlar/Xizmatlarga bo’ladigan talablar |
I. «Olmaliq KMK» AJ ishchi va xodimlarini davriy profilaktik tibbiy ko’rikdan o’tkazish (O’zbekiston SSV 200-sonli buyrug’i, 10.07.2012 yil): 1. Olmaliq shahridagi «Olmaliq KMK» AJ ishchi va xodimlar soni - 24 000 ta. 2. Angren shahridagi «Olmaliq KMK» AJ ishchi va xodimlar soni - 4 000 ta. 3. Chirchiq shahridagi «Olmaliq KMK» AJ «Nodir metallar va qattiq qotishmalar bo’yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi». Ishchi va xodimlar soni -1000 ta 4. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan «Xondiza» KB. Ishchi va xodimlar soni -1000 ta. 5. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan «Olmaliq KMK» AJ Sherobod sement zavodi. Ishchi va xodimlar soni -1000 ta. 6. Jizzax viloyatida joylashgan «Olmaliq KMK» AJ Jizzax sement zavodi va «Uchquloch» koni. Ishchi va xodimlar soni -1000 ta. |
1. Kasb kasalliklarining eng erta belgilarini aniqlash, patologik jarayon va zararli omillar ta’sirining davom etishini to’xtatish chora-tadbirlarini ko’rish; 2. Zararli omillarga ega ishlab chiqarish sharoitlarida ishlashni davom ettirishga mon’elik qiladigan umumiy kasalliklarni aniqlash; 3. Baxtsiz hodisalarning oldini olish va mehnat xavfsizligini ta’minlash, aholining salomatligini saqlash maqsadida yuqumli kasalliklarning tarqalib ketishiga sabab bo’ladigan kasalliklarni aniqlash; 4. Ishchi va xodimlar salomatligini dinamik kuzatish; 5. Profilaktik davriy tibbiy ko’riklar natijasiga ko’ra har bir odamga individual davolash- profilaktika chora - tadbirlarini ko’rish; 6. Ishlab chiqarish korxonalarida kasb kasalliklarini oldini olish maqsadida kerakli sog’lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
|
1. Tibbiy hay’at tarkibida quyidagi tor mutaxassislar bo’lishi shart (O’zbekistan SSV 200-sonli buyrugi, 10.07.2012 yil): terapevt, nevropatolog, oftalmolog, dermatovenerolog, otolaringolog, psixiatr, akusher-ginekolog, xirurg va profpatolog; 2. Tibbiy ko’rikka sarflanadigan tibbiy dorivor moddalar va materiallar narxi O’zbekistan Respublikasidagi byudjet (bozor) narxlariga mos kelishi shart; 3. Tibbiy xizmat xisob-kitob (kalkulyatsiya) narxlari Sog’likni saqlash viloyat boshqarmasi rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi shart; 4. Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to’lash Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 01 dekabrdagi 976-sonli qaroriga asosan bajariladi; 5. Har bir kursatilgan tibbiy xizmatlardan keyin “buyurtmachiga” bajarilgan ishlar bo’yicha hisobot taqdim qilish.
|
Ilova: Korxonalar shtat jadvallari o’zgarishi sababli, profilaktik tibbiy ko’rikdan o’tuvchi ishchi va xodimlar sonining o’zgarish ehtimoli bor.
Buyurtma nomi |
Buyurtmaning qisqacha izohi |
Ishlar/Xizmatlarga bo’ladigan talablar |
II. «Olmaliq KMK» AJ korxonalari ishchi va xodimlariga tibbiy xizmat ko’rsatish, transport vositalari haydovchilarini reys oldi ko’riklaridan o’tkazish: 1. Olmaliq shahrida: A) Sutka davomida ishlaydigan tibbiy tayanch punktlari soni - 10 ta. B) Kunduzi ishlaydigan tibbiy punktlari soni - 6 ta. B) Transport vositalari haydovchilarini reys oldi ko’riklaridan o’tkazadigan tibbiy punktlari soni - 12 ta. 2. Angren shahrida: A) Sutka davomida ishlaydigan tibbiy tayanch punktlari soni - 6 ta. B) Kunduzi ishlaydigan tibbiy punktlari soni - 1 ta. B) Transport vositalari haydovchilarini reys oldi ko’riklaridan o’tkazadigan tibbiy punktlari soni - 1 ta. 3. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan «Olmaliq KMK» AJ «Xondiza» KB da: A) Sutka davomida ishlaydigan tibbiy tayanch punktlari soni - 2 ta. B) Transport vositalari haydovchilarini reys oldi ko’riklaridan o’tkazadigan tibbiy punktlari soni - 1 ta. 4. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan «Olmaliq KMK» AJ Sherobod sement zavodida: A) Sutka davomida ishlaydigan tibbiy tayanch punktlari soni - 1 ta. 5. Jizzax viloyatida joylashgan «Olmaliq KMK» AJ Jizzax sement zavodida: A) Sutka davomida ishlaydigan tibbiy tayanch punktlari soni - 1 ta. B) Transport vositalari haydovchilarini reys oldi ko’riklaridan o’tkazadigan tibbiy punktlari soni - 1 ta. |
1. Korxonalarda joylashgan tibbiy tayanch punktlarida ishchilarga tibbiy xizmatlarni uyushtirish; 2. Davolash-sog’lomlashtirish ishlarini olib borish; 3. Transport vositalari haydovchilarini reys oldi ko’riklaridan o’tkazish.
|
1. Tibbiy xizmat hisob-kitob (kalkulyatsiya) narxlari Sog’liqni saqlash viloyat boshqarmasi rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi shart; 2. Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to’lash Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 01 dekabrdagi 976 - sonli qaroriga asosan bajariladi; 3. Har bir o’tgan oy uchun “buyurtmachiga” bajarilgan ishlar bo’yicha hisobot taqdim qilish.
|
Ilova: Korxonalar shtat jadvallari o’zgarishi sababli, tibbiy tayanch punktlari sonining o’zgarish ehtimoli bor.
Takliflar berish tartibi: tanlov takliflari muhrlangan konvertlarga solinib quyidagi manzilga jo’natiladi: 110100, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Amir Temur ko’chasi, 53 uy, «Olmaliq KMK» AJ.
Murojaat qilish uchun shaxslar:
MM va SX bo’limi MM muhandisi - sanitar shifokori Kenjayev Soyibjon Marasulovich.
Murojaat uchun telefonlar: 7061 95686, +998931826843
E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.