E'lonlar

Diqqat, tanlov!

on . Posted in E'lonlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga muvofiq, kombinat boshqaruvi raisining 2020 yil 2 sentyabrdagi № 00928 - sonli  “Davlat tili bayrami kunini nishonlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi buyrug’ida  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, “Olmaliq KMK” AJ Kasaba uyushmasi Kengashi, Axborot xizmati va Ijtimoiy bo’lim hamkorligida “Til - millat ko’zgusi” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga yuborilgan ijodiy ishlarda xalqimizning ko’p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo’lgan o’zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biri ekanligi, 1989 yil 21 oktyabrda Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qo’yilgan dastlabki dadil qadamligi va aynan mana  shu tarixiy hujjatga binoan o’zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo’lgani, istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqqani ustuvor g’oya va bosh maqsad sifatida ifodalanishi kerak. 

Tanlov ishtirokchilari quyidagi nominatsiyalar bo’yicha rag’batlantiriladi:

-  Eng yaxshi she’riy asar (12-24 satr, she’r vaznlari talablariga muvofiq kelishi kerak)

-  Eng yaxshi publisistik maqola (hajmi 3500-4000 bosma belgigacha)

-  Eng yaxshi ijtimoiy rolik va videolavha (hajmi 3-5 daqiqalik)

Shuningdek, shahar Xalq ta’limi bo’limi tomonidan insholar tanlovi ham o’tkaziladi va OKMK Axborot xizmati bilan hamkorlikda g’oliblar e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar ijodiy ishlarini 2020 yil 15 oktyabrga qadar quyidagi telegram manzillariga yuborishlari so’raladi:

Publisistik maqolalar  + 99893 182 61 32 – K.Umaraliyeva;

Nazmiy asarlar  +998 93 1820122 – Z.Rahmonova;

Ijtimoiy roliklar, audio, video materiallar  +998903195388 – T.Normatov

Tanlov g’oliblari O’zbek tili bayrami kuni arafasida “Metallurg” MMda tashkil etiladigan tantanali tadbirda rag’batlantiriladi.

OKMK Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech