A- A A+

E'lonlar

Issiqlik ta’minoti uchun tariflar belgilandi

on . Posted in E'lonlar

OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov  2021 yil 30 aprel kuni “Issiqlik ta’minoti uchun tariflarni belgilash to’g’risida”gi 806-sonli farmoyishga imzo chekdi.

Mazkur farmoyishga ko’ra, Olmaliq shahrida kombinat balansidagi ko’p qavatli uylarda istiqomat qilib kelayotgan iste’mochilarga markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatini ko’rsatishda yangi to’lov tartibi o’rnatilganligi inobatga olinishi belgilandi.

Joriy yilning 7 aprel kunidan e’tiboran markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari to’xtatilgan kunidan boshlab, issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar 1 yilga teng taqsimlab to’lash tizimidan, isitish davrining har bir kuniga, har 1 m2  maydon hisobida to’lash tizimiga o’tkaziladi.

Endilikda turar joy binolari uchun issiqlik ta’minoti davrida kuniga har 1 m2 isitiladigan maydon uchun 103 so’m 04 tiyin narx belgilandi.

Shuningdek, noturar joy binolari uchun issiqlik ta’minoti davrida kuniga 1 m2 isitiladigan maydon uchun qo’shimcha qiymat solig’i(QQS)ni hisobga olgan holda 118 so’m 50 tiyin deb belgilandi.

Ma'muriyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech