A- A A+

E'lonlar

AT departamenti yetakchi muhandisi lavozimiga ishga taklif

on . Posted in E'lonlar

“Olmaliq KMK” AJ Ijro apparati Axborot texnologiyalari departamenti yetakchi muhandisi lavozimiga ishga taklif etamiz.

Lavozim: Axborot texnologiyalari departamenti yetakchi muhandisi

Talab etiladigan ish tajribasi: kamida 3 yil

To’liq bandlik

Ish haqi suhbat natijasiga ko’ra.

Talablar:

- Loyihalarni rejalashtirish va nazorat chilish hamda texnologik, mehnat va boshqa harajatlarni baholash tajribasi;

- Software va/yoki Hardware dasturida loyihalar ishlab chiqish va ularni boshqarish tajribasi;

- Dasturiy ta’minot guruhini boshqarish, barcha jarayonlarni tahlil qilish va optimillashtirish tajribasi;

- Muzokaralar olib borish;

- Ko’p vazifali muhitda ishlash qobilyati;

- Mijozlar bilan muloqot qilish va taqdimotlarni olib borish ko’nikmalari.

Shaxsiy fazilatlar:

- Mas’uliyatlilik;

- Rahbarlik sifatlari;

- Stressga bardoshlilik;

- Tashkiliy masalalarni hal qilishi;

- Muammoli vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qila olishi;

Majburiyatlari:

  • Loyihalarning strategik maqsad va vazifalari hamda ularga erishish yo’llarini to’g’ri tanlash;
  • Loyihalarni dastlabki baholash va ekspertizadan o’tkazish;
  • Loyihalarni amalga oshirish bo’yicha harakatlar rejasini tuzish;
  • Ijrochilar ishini muvofiqlashtirish, vazifalarni taqsimlash, axborot yig’ish, ziddiyatli vaziyatlarni bartaraf etish;
  • Loyihalarni amalga oshirish, sinovdan o’tkazish va amalga oshirishda mas’uliyat bilan ishtirok etish;
  • Loyiha ishtirokchilarini tanlash, resurslarni shakllantirish va loyiha byudjetini tuzish;
  • Rejalashtirilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda bajarish;
  • Loyihalarni borishini nazorat qilish, uni har taraflama tahlil qilib borish hamda xatarlarni oldini olish bo’yicha tegishli chora-tadbirlarni ko’rish;
  • Buyurtmachilar bilan muloqot olib borish (kelishish, bajarilgan ishlar to’g’risida hisobot berib borish).
  • kombinat tarkibiy bo’linma mutaxassislari bilan hamkorlikda loyiha faoliyatini rejalashtirish;
  • Loyihaning texnik-texnologik tuzilishi, amalga oshirish muddatlari, zarur resurslar va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatarlarni baholash;
  • Loyihalarni amalga oshirish: loyihaning bosqichlarini ishlab chiqish, ishlarning borishini va belgilangan muddatlarga rioya etilishini nazorat qilish, loyiha byudjetiga amal qilish, olib borilayotgan ishlar to’g’risida doimiy ravishda hisobot berib borish;
  • Loyiha ishtirokchilari o’rtasida o’zaro hamkorlikni tashkil etish, ichki va tashki pudratchilar bilan munosabatlarni o’rnatish;

Malakaviy talablar:

  • Texnik yo’nalishda oliy ma’lumot;
  • IT – mahsulotlarini ishlab chiqish va ularga xizmat ko’rsatish jarayonlarini bilishi;
  • IT – guruhlarni boshqarish tajribasi;
  • Yangi texnologiyalarni o’rganish istagi.

Nomzodlar o’zlarining rezyumelarini This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manziliga yuborishlari mumkin.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech