A- A A+

E'lonlar

DIQQAT TANLOV!

on . Posted in E'lonlar

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Mis sanoati klasterini rivojlantirish doirasida “Mis mahsulotini chuqur qayta ishlagan holda yuqori qiymatga ega tayyor maxsulot olish bo’yicha loyiha” mavzusida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov ochiq tarzda o’tkaziladi va unda barcha jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov 3 bosqichda o’tkaziladi:

1-bosqichda ishtirokchilar, tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 1 oy davomida taklif loyihalarini This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manziliga “Tanlovda ishtirok etish uchun” mavzusi ostida, o’zlarining aloqa telefonlarini va pochta manzilini yozgan holda jo’natishlari so’raladi.

Loyihalar quyidagi ma’lumotlarni o’zida aks ettirgan bo’lishi lozim:

- Ishlab chiqarilishi taklif etilayotgan mahsulot to’g’risida ma’lumot;

- Iqtisodiy samaradorlik;

- Misdan tayyorlanadigan mahsulot bozorini o’rganish bo’yicha tahliliy xulosa;

- Marketing rejasi;

- Logistika tahlili;

- Loyihani amalga oshirish muddatlari.

2-bosqichda tanlov shartlariga mos kelgan loyiha va takliflar ekspertlar tomonidan o’rganilib chiqiladi.

3-bosqichda ekspertlar tomonidan eng yuqori baho olgan 10 ta loyiha mualliflari taqdimot (prezentatsiya) tayyorlagan holda komissiya a’zolariga taqdimot o’tkazishlari talab qilinadi. Mazkur bosqichning o’tkazilish joyi va vaqti ishtirokchilarga taqdimot kunidan 10 kun avval ma’lum qilinadi.

Tanlov g’oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

1-o’rin - 100 000 000 so’m;

2-o’rin - 70 000 000 so’m;

3-o’rin - 50 000 000 so’m.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +99893-182-09-24

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech