A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Transportchilar dona surishdi

on .

2021 yil 31may kuni OKMK Avtomobil transporti va Texnologik transport boshqarmalari ishchi-xodimlari oʻrtasida aql gimnastikasi boʻlgan shaxmat boʻyicha birinchilik oʻtkazildi.

Erkaklar oʻrtasida kechgan bahslarda ATB 1-avtokorxonasi chilangari T.Normurzaevga teng keladigani topilmadi. Ikkinchi oʻrinni esa ATB IRB boʻlimi boshligʻi Sh.Ergashev, uchinchi oʻrinni ATB muhandisi J.Ahmedov egalladi.

Xotin-qizlar oʻrtasidagi bahslarda esa ATB hisobchisi B.Mamirova gʻolib bo’ldi. ATB 1-avtokorxona suvoqchi boʻyoqchisi U.Amonovaga ikkinchi oʻrin nasib etdi. ATB Xoʻjalik ta’mir uchastkasi ish taqsimlovchisi R.Joʻraeva uchinchi oʻringa loyiq koʻrildi.

Birinchilik gʻoliblari pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi.

Ramz Abdugʻaniev,

ATB sport yoʻriqchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech