A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Dala sharoitida mehnat qilayotganlarga e’tibor

on .

Ayni kunlarda “Olmaliqmetallurgqurilish” trestining Qurilish materiallari  va konstruksiyalar ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan bir qator hududlarda asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan,  Sanoat suvi tsexi nasos stansiyasi - “Namuna” MFY hududi hamda Kovuldi koniga olib boruvchi togʻli hududlarda asfalt yotqizish ishlari bajarilmoqda.

Ushbu hududlarga jami boʻlib 23920 m2 maydon asfalt qilinadi.

14 iyun kuni trest mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi komissiyasi tomonidan dala sharoitida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik holatlari oʻrganildi.

Oʻrganish davomida yuqorida nomi zikr etilgan hududlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar maxsus idishlardagi ichimlik suvlari bilan ta’minlanganligini ma’lum boʻldi.

Sayyora Djuraeva,

Trest kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech