Kasaba uyushmasi xabarlari

Oʻzini hurmat qilgan odam boshqalarni ham hurmat qiladi

on .

Kuni kecha OKMK Angren kon boshqarmasida mehnat qilayotgan xotin-qizlar oʻrtasida yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyat boʻyicha muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Muhokama yigʻilishida kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi bosh psixologi hamda xotin-qizlar komissiyasi raisi Viloyat Davletova, Oʻzbekiston Respublikasi TQHB 1-sonli IIB vakili ishtirok etdi.

Tadbirda yuzaga kelgan noxush vaziyatning kelib chiqish sababi aniqlanib, ushbu vaziyatga qonun doirasida baho berilgan holda tushuntirish ishlari olib borildi.

Mehnat jamoasida bunday holatlarga yoʻl qoʻyish qanday oqibatlarga olib kelishi haqida batafsil tushuntirib oʻtildi.

Har bir ishchi-xodimning ish joyi ikkinchi uy ekanligini, oʻzini hurmat qilgan odam boshqalarni ham hurmat qila olishi ta’kidlandi.

Sherzod Gʻaniyev

AKB kasaba uyushmasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech