Mamlakatimiz kelajagi muhtaram ayollar qo’lida!
Munis ayollar! Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining qadrli mehnatkash xotin-qizlari!
Fasllar malikasi bahor kirib kelishi bilan sizning bayramingiz - biz uchun eng qadrli va sevimli bo’lgan insonlar - onajonlarimiz, buvijonlarimiz, opa-singil va qizlarimizning bayramini nishonlaymiz, erkaklar bilan bir safda yelkama-elka turgan holda tog’-konchilik va qayta ishlovchi yirik ishlab chiqarishning yakuniy natijasi yo’lida matonat ko’rsatib kelayotgan hamkasabalarimizni sharaflaymiz. Va shu sababli ham mamnuniyat bilan kombinatning barcha mehnatkashlari nomidan sizlarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etaman!