A- A A+

Tadbirlar

Ogohlik davr talabi!

on .

Har qanday tashkilotda mehnat qilayotgan har bir ishchi-xodim o’zi mehnat qilayotgan ish joyiga kelar ekan, u yerning mulkini asrab-avaylab ishlatishi va oʻg’irlik qilmasligi lozim.

Agarda u ushbu majburiyatlarni bajarmasdan, mehnat jamoasiga xiyonat qilsa, albatta unga jazo muqarrar.

Mis boyitish fabrikasining Mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi ishchilari bilan tashkil etilgan davra suhbatida aynan yuqoridagi fikrlar bildirildi.

Tadbirda ishtirok etgan fabrika direktorining qimmatbaho metallar butligi boʻyicha oʻrinbosari Lyudmila Aysina, sex boshlig’i  Alisher Ahmadalievlar  oʻg’irlik qilishning salbiy oqibatlari haqida oʻz fikr-mulozalarini bildirishdi.

Tezda boyib ketish xayolida yurganlar xomtama boʻlmasliklarinni, har qanday qingʻir ish albatta, jazosiz qolmasligi ta’kidlanib, ishchi-xodimlar yana bir bor ogohlikka chorlandi.

Bobur Sobirjonov,

MBF direktorining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech