Tadbirlar

Rasulxon eng yaxshi elektromexanik

on .

OKMK Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi Yoshlar ittifoqi hamda Kasaba uyushmasi qoʻmitasi hamkorligida  "Sanash, hisoblash mashinalarini ta’mirlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha eng yaxshi elektromexanik" kasb mahorat tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda ishtirokchilar oʻz kasblari boʻyicha tuzilgan 25ta nazariy savolga javob berishdi.

Tanlovning amaliy qismida qatnashchilar kompyuterni qismlarga ajratib, qayta yigʻishni koʻrsatib berishdi.

Tanlov yakuniga koʻra Rasulxon Otaxonov “Eng yaxshi elektromexanik” deb topildi.

2-oʻrinni Muzaffar Eshanqulov, 3-oʻrinni Jasur Jaynakov  qoʻlga kiritdi.

Gʻoliblar ragʻbatlantirildi.

F.Mamatalieva,

ICHAB yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech