A- A A+

Tadbirlar

"Gref Stayl" va “Bojalar” jamoalari chorak finalda

on .

OKMK sport majmuasi tennis kortida  QVZ koʻrik-tanlovining 2021-yilgi OKMK liga kubogi chorak final oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Chorak finalda Sanoat temiryoʻl transport boshqarmasining  "Gref Stayl" va Markaziy ta’mirlash mexanika zavodining  "Bojalar", 2-Mis boyitish fabrikasining “Las Vegas”, Ixtisoslashtirilgan ta’mir ishlari boshqarmasining “Dodalar” jamoalari bellashishdi.

Qiziqarli, hazil mutoyibaga boy boʻlgan oʻyinda har bir jamoa har qanday savolga tezkorlik bilan javob berib, jamiyatdagi muammolarni oʻtkir yumor ostida tomoshabinga yetkazib bera oldi.

Qiziqarli boʻlib oʻtgan oʻyinlarda "Gref Stayl" va “Bojalar” jamoalari yarim final bosqichga yoʻl olishdi.

Eslatib oʻtamiz, keyingi oʻyin 11-iyun kuni "Oltin olma" xiyobonida soat 19:00da boʻlib oʻtadi.

Jahongir Usmankulov,

OKMK QVZ loyihasi rahbari

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech