Tadbirlar

“Biz 25 yoshdamiz”

on .

2021 yil 11 iyun kuni “Metallurg” madaniyat saroyining hovlisida baletmeyster Yuliya Koldakova boshchiligidagi, Respublika va Xalqaro tanlovlar laureati “Edelveys” xalq raqs ansamblining “Biz 25 yoshdamiz” deb nomlangan yubiley konserti tashkil etildi.

Tadbirda OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar  boʻyicha oʻrinbosari v.b. Behzod Salimov, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi oʻrinbosari Shavkat Doʻsimbetovlar soʻz olib, raqs jamoasini samimiy muborakbod etishdi, ular erishayotgan yutuqlar kombinatni ham dunyoga tanitayotganini taʻkidlashib, esdalik sovgʻalari tuhfa etishdi.

Shuningdek, konsert dasturiga  Respublika rus, tatar, ukrain milliy madaniy markazlarining raislari va  Olmaliq koreys milliy madaniy markazi Kengashi aʻzolari ham tashrif buyurib, raqs ansambli jamoasi qutlashdi. Samimiy dil izhorlari bildirilishib, esdalik sovgʻalarini ulashishdi.

“Edelveys” xalq raqs ansamblining kichik, oʻrta va katta guruhlari ijrosidagi turli xil millatlarning milliy raqslari barchaga manzur boʻldi. Ayniqsa, ular ijrosidagi “Andijon polkasi”(oʻzbek) “Kalinka”( rus) “JOK”( moldavan),  “Tarantella” ( italyan), “Kapustka” (belorus), “Gopak” (ukrain), “Gullayotgan bog” (koreys), “Ajdaho va gullar” (koreys), “Yaylovda” (nemis), “Sirtaki” (grek), “Sabantoʻy” (tatar), “Avalyulbko” (Meksika) kabi jozibador raqslari tomoshabinlarga olqishiga sazovor boʻldi.

Darhaqiqat, har bir millatning raqsini oʻsha millat ruhiga, musiqasiga monand tarzda tayyorlab, milliy liboslarida maromiga yetkazib, ijro etish bularning barchasi mashaqqatli mehnat talab etadi.

“Edelveys” xalq raqs ansambli mana 25 yildirki kombinat, shahar, viloyat miqyosidagi turli xil bayram tadbirlarida ishtirok etib, tadbirlarning koʻtarinki ruhda oʻtishida salmoqli hissa qoʻshib kelmoqda. Hatto xalqaro tanlovlarda ham qatnashib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgani eʻtirofga loyiq.

Yubiley konserti davomida yuqoridagi fikr-mulohazalar bildirildi.

Bundan tashqari, raqs jamoasining qutlash uchun “Sado” guruhi ham tashrif buyurib, guruh solistlari tomonidan dilrabo taronalar ijro etildi.

Qutlugʻ sana munosabati bilan “Edelveys” xalq raqs ansamblining barcha guruhlaridagi 120 nafardan ziyod a’zolariga kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining Faxriy Yorliqlari taqdim etildi.

Dillarga xushnudlik baxsh etib kelayotgan “Edelveys” xalq raqs ansambliga yanada yuksak ijodiy parvozlar tilab qolamiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech