A- A A+

Tadbirlar

Birlashmaga qoniqarli bahosi qoʻyildi

on .

OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida “ Obektda favqulodda vaziyatlar va holatlarning oldini olish muhim masala” mavzusida koʻrgazmali seminar tashkil etildi.

Seminar davomida nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Seminarning nazariy qismida Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqarmasi tomonidan joriy yilning may oyida kombinat obektlarida yongʻin xavfsizligi boʻyicha aniqlangan kamchiliklar tahlil etildi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar qoʻyildi.

Seminarning amaliy qismida Chirchiq shahar va birlashmaning  yongʻin xavfsizligi boʻlimlarining  oʻt oʻchirish vositalari hamda texnikalari namoyish etildi.

Birlashma koʻngilli drujinalarining yongʻin sodir boʻlganda qanday harakat qilishi ham kuzatildi.  

Tadbirda yongʻin gidrantlari, suv tarmoqlari, suv havzalari, birlamchi oʻt oʻchirish moslamalari koʻrikdan oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddatlar berildi.

Seminarda  birlashmasi direktorining xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Sunnatilla Erboʻtaev,  Chirchiq shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimi profilaktika inspektori Uchqun Abdunazarovlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi.

Seminar yakuni boʻyicha Chirchiq shahar FVB rahbariyati tomonidan birlashma mehnat jamoasiga “qoniqarli” bahosi qoʻyildi.

Rahmatillo Qurbonov,

OKMK Fuqaro muhofazasi komandirining

 yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech