A- A A+

Metallurgiya bo'limi

Rux zavodi


Ruxga bo’lgan ehtiyoj avtomobil va mashinasozlik sohalarida, shuningdek maishiy texnika ishlab chiqarish sohasida unga bo’lgan ehtiyojlarning ortib borishi bilan bog’liq. "Olmaliq KMK" AJda korxonaning ishlab chiqarish zanjirining bir zvenosi sifatida Rux zavodi mavjud.

Zavod 1970 yilning sentyabr oyida ishga tushirilgan. Uning ishlab chiqarish quvvati yiliga 120 ming tonna rux metallini tashkil etgan. U kombinat tomonidan ishlov berilayotgan qo’rg’oshin-rux konlaridan 20-25 ming tonna o’z xom ashyosinidan, 100 ming tonnagacha keltiriladigan konsentratlarni qayta ishlashga mo’ljallangan edi.

"Qo’rg’oshinkon" va "Oltin-Topkan" konlarining Qo’rg’oshin-boyitish fabrikasida qayta ishlanadigan rudalari xom ashyo bazasi sifatida xizmat qilar edi.

1970 yilning 30 sentyabrida birinchi rux quymasi olindi, oradan uch hafta o’tib 22 oktyabrda esa birinchi kadmiy olindi. Xuddi shu yillarda zavodning uchinchi navbati - rux, qo’rg’oshin  va kadmiy xom ash'yolarini qayta ishlash va olish imkonini beruvchi velslash sexi kompleksini qurish ishlari jadal olib borildi. 1972 yilda mazkur qurilishning tugatilishi va 29 iyunda birinchi yirik o’lchamli velslash pechining ishga tushirilishi bilan ruxli keklarni to’plashga barham berilib, ularni qayta ishlashga jalb etish va mahsulot olishga kirishildi.

Vatanimiz amaliyotida birinchi bor ruxli eritmalarni aralashmalardan tozalashning yangi uch bosqichli sxemasining joriy etilishi, yuqori sifatli rux elektrolitini olishni ta'minlash yo’lga qo’yildi. Natijada katodli rux sifati oshdi, rux va kadmiy ajratib olish o’sdi.

Zavod menhat jamoasining jonbozliklari evaziga 1973 yilda rux kuporosi va halq ho’jaligida muhim xom ash'yo hisoblanuvchi noyob metall - indiy olinishiga muvaffaq bo’lindi.

1975 yilda zavodni qurish va to’liq loyihaviy texnologik quvvatlariga olib chiqish ishlari yakuniga etkazildi. Rekonstruksiya (qayta jihozlash) va kengaytirish ishlari 1982 yilda yakunlandi.

Toling shartnomalari asosida xom-ash'yolarni qayta ishlashga zavod ilk marotaba 1992 yilda kirishdi.  1997 yilda asosan toling shartnomalariga binoan keltirilgan xom-ash'yolarda ishladi.

"Qo’rg’oshinkon" koniga ishlov berib bo’lgandan so’ng va "Oltin-Topkan" konidan rudalar etkazib berish to’xtatilgach, 1998 yilda Qo’rg’oshin-rux boyitish fabrikasi mis-molibden rudalarini qayta ishlashga o’tkazildi, hozirgi vaqtda zavod asosida MDH mamlakatlari va chet el davlatlaridan keltiriladigan rux konsentratlari asosida qayta ishlashga o’tkazilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentiining 2006 yil 10 avgustdagi 442-sonli  «Xonjiza va Uchquloch konlari polimetall rudalari mineral-xomashyo bazasidan samarali foydalanish to’g’risida» Qaroriga binoan «Xonjiza» boyitish fabrikasi 2010 yil sentyabirida ishga tushirildi. 2010 yilning noyabr oyida rux konsentratining birinchi partiyasi kelib tushdi, dekabr oyida esa kombinatning ilk ruz quymasi olindi. Ayni paytda zavod o`z xom ashyomizni va keltiriladigan konsentratni qayta ishlamoda.

Shuningdek, zavod rux metallidan tashqari kadmiy metalli, sulfat kislotasi, rux kukuni, Xonjiza KB uchun RAM quymasi va texnik sulfat ruxi,  Mis eritish zavodi uchun mis klinkeri va mis keki ishlab chiqaradi.

Zavod tarkibida quyidagi sexlar mavjud:

Kuydirish sexi. Qaynovchi qatlam pechlari bilan jihozlangan Kuydirish sexining mahsuloti hisoblangan rux konsentrati kuyindisi va oltingugurt dioksidi sulfat kislotasi olishga xizmat qiladi.

Tanlab eritish sexi reaktorlar va quyuqlashtiruvchi uskunalar bilan jihozlangan bo’lib, kuydirilgan rux kuyindisi va vels okislarini qayta ishlagan holda rux metalli olish uchun tarkibida rux bo’lgan eritmalarni texnologik jarayonlar yakunida oladi. Tanlab eritish sexi rux kuyindisini klasiffikatsiyalash (navlarga ajratish); kuyindilarni neytral tanlab eritish va pulpalarni quyuqlashtirish; velsokislarini qayta ishlash, neytralli eritmalarni mis kadmiy qo’shimchalaridan tozalash va quyuqlashtiruvchilarning eng pastki qatlamlarini ramali va diskli vakkum filtrlar yordamida filtrlash bo’limlaridan iborat.

Elekrolit sexi neytralli rux eritmalarini elektroliz qilishga mo’ljallangan elektroliz vannalari va  ISK-40 va ISK-12 pechlari bilan jihozlangan. Elektrolit sexi markazlashgan vakkum-bug’lantirish sovutish; ruxni elektroliz qilish; rux drosslarini qayta ishlash; rux kukuni va changini tayyorlash uchastkasi va anod-katodlarni ta'mirlash ustaxonasi kabi bo’limlardan iborat. Sexning mahsuloti Rux metalli hisoblanadi.

Velslash sexi o’lchami 50X3,6 metrni tashkil qiluvchi aylantiruvchi pechlar bilan jihozlanib, rux tarkibli keklarni qayta ishlaydi. Velslash sexi filtr-quritish, xom ash'yolar ombori, changlarni tutib qoluvchi tizimga ega pech bo’limi, kuydirish bo’limlari hamda marganetsli rudalarni maydalash qurilmasidan iborat. Sex mahsulotlari velsokisi va mis klinkeri hisoblanadi.

Kadmiy sexi tanlab eritish sexining mis-kadmiyli keklarini qayta ishlagan holda metalli kadmiy va mis keki olishga ixtisoslashgan. Kadmiy sexi kadmiyli qorishmalarni tanlab eritish, sementizatsiyalash, kadmiyni elektroliz qilish bo’limlari va texnik rux sulfati olish uchastkalaridan iborat.

Oltingugurt kislotasi sexi Kuydirish sexidan chiquvchi texnologik gazlarni qayta ishlagan holda sulfat kislotasi ishlab chiqaradi. Sex yuvish, quritish-absorbsion, kontaklashtirish bo’limlari va tayyor mahsulotlar omboridan iborat.

Rux zavodi quyidagi yordamchi bo’linmalardan iborat: Elektr energiyasi siqilgan havo, bug’ va suv bilan ta'minlab beruvchi Energetika sexi, Ta'mir-mexanika uchastkasi, Kimyoviy laboratoriya, Transport-xo’jalik xizmati ham kiradi.

Direktor v.b.: Utanov Farrux Djabarovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. 

  • 00cu150
  • 01cement150
  • 02cutube150
  • 03emalprovod150
  • 04kadmiy150
  • 05au150
  • 06ag150
  • 07zn150
  • frrewr
  • h2so4150
  • kuporos150
  • selen150-2
  • teknic_tellur
  • vp_ru_uz
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech